Asosiy kontentga o‘tish
    [ FAST LOGISTICS ]

    Xitoydan O‘zbekistonga — tez va ishonchli logistika

    • [ avia 5–8 kun ]
    • [ avto 14–18 kun ]
    • [ aloqa 24/7 ]

    Siz biznesingiz bilan shug‘ullaning — yukni Xitoy zavodidan Toshkentdagi eshigingizgacha biz olib kelamiz.

    Tezkor hisob

    Menejer narx va muddatni aytadi

    [ Yuk yo‘li ]

    Zavoddan eshigingizgacha

    1. 01Iu · Guanchjou

      Xitoydagi omborga qabul

      Maishiy texnika va jihoz zavodlarining aksariyati Iu (Yiwu) va Guanchjouda. Zavod yukni shu ikki omborimizga bepul yetkazadi, Xitoy ichidagi yo‘l uchun pul to‘lamaysiz. Omborda yuk tekshiriladi, ro‘yxatga olinadi va qadoqlanadi.

      Zavoddan bepul

    2. 02Kashgar

      Kashgarda yuklar bitta furaga jamlanadi

      Iu va Guanchjoudan Kashgarga yuk har kuni jo‘naydi, yo‘l 4–5 kun. Kashgardagi asosiy omborimizda turli yetkazib beruvchilarning yuklarini bitta furaga jamlaymiz. Jamlash 2–3 kun davom etadi, shu hisobiga yig‘ma yuk arzonga tushadi.

      4–5 kun + 2–3 kun

    3. 03Irkeshtam · Xorgos

      Ikki marshrutdan biri

      A marshrut Qirg‘iziston orqali: Irkeshtam → O‘sh. O‘shda CMR (xalqaro yuk xati) rasmiylashtiriladi va plomba qo‘yiladi. B marshrut Qozog‘iston orqali: Xorgos → Yallama, undan istalgan turdagi mashina o‘tadi. Yuk turi va mavsumga qarab qulayini tanlaymiz.

      Kashgar → O‘sh 1–2 kun

    4. 04Do‘stlik

      O‘zbekiston chegarasi

      Ikkala marshrut ham Do‘stlikka taxminan bir vaqtda yetib keladi. Chegaradagi navbat odatda 2 kun atrofida. Invoys, qadoqlash varag‘i (packing list) va CMR hujjatlarini oldindan tayyorlaymiz, rastamojkani o‘zimiz qilamiz.

      Navbat ~2 kun

    5. 05Toshkent

      Eshigingizgacha

      Do‘stlikdan Toshkentgacha 1 kun. Yukni Toshkent va viloyatlarga yetkazamiz, har bir bosqichda menejer yuk qayerdaligini aytib turadi. Avto yo‘l jami 14–18 kun, shoshilinch yuk uchun avia 5–8 kun.

      Do‘stlik → Toshkent 1 kun

    [ Jadval ]

    Muddatlar va reyslar

    LIVE · FAST
    Xitoy–Toshkent yo‘nalishlari: turi, muddati, reyslar
    Yo‘nalishTuriMuddatReys
    IU → TOSHKENTAVTO14–18 KUNHAR HAFTA
    GUANCHJOU → TOSHKENTAVTO14–18 KUNHAR HAFTA
    XITOY → TOSHKENTAVIA5–8 KUNTEZKOR
    IU → KASHGARYIG‘ISH4–5 KUNHAR KUNI
    KASHGAR → DO‘STLIKA / B2 YO‘LTANLOV

    [ Xizmatlar ]

    Qaysi xizmat sizga kerak?

    • FAST · Yuk xati№ 003
      Yig‘ma yukSborniy

      Yig‘ma yuk

      • Kichik yuklarni birlashtirib jo‘natamiz
      • Faqat o‘z ulushingiz uchun to‘laysiz
      • Turli yetkazib beruvchilardan yig‘amiz
    • FAST · Yuk xati№ 004
      Xitoyda omborQabul va saqlash

      Xitoyda ombor

      • Yukni Xitoydagi omborda qabul qilamiz
      • Sifatini tekshiramiz
      • Qayta qadoqlaymiz va yorliqlaymiz
    • FAST · Yuk xati№ 005
      Hujjat va bojxonaYordam

      Hujjat va bojxona

      • Invoys va qadoqlash varag‘ini tayyorlaymiz
      • CMR va bojxona bo‘yicha maslahat beramiz
      • Hujjatlardagi xatolarning oldini olamiz
    • FAST · Yuk xati№ 006
      QadoqlashHimoya

      Qadoqlash

      • Mo‘rt yuklarni maxsus qadoqlaymiz
      • Palletga teramiz va yorliqlaymiz
      • Xavfsiz tashish kafolati

    [ Narxlar ]

    Xitoydan kargo narxi qancha?

    Kalkulyatorda hisoblash

    Hisob o‘rtacha narx bo‘yicha, yakuniy taklif emas. Aniq narx va unga nimalar kirishini menejer aytadi. Yangilangan: 24.11.2026.

    [ Nega FAST ]

    NEGA FAST?

    • 5–8

      kun · avia

    • 14–18

      kun · avto

    • 3

      ombor · Xitoyda

    • 24/7

      aloqa

    • 24/7

      24/7 aloqa

      Har qanday vaqtda bog‘laning — biz doim aloqadamiz.

    • Kuzatuv

      Yuk qayerdaligini bilasiz

      Yukingiz holati haqida tez va aniq ma’lumot.

    • Shaffof

      Shaffof narx

      Yashirin to‘lovlar yo‘q — oldindan aniq narx.

    • Har hafta

      Har hafta fura

      Har hafta muntazam reyslar — yuk kutmaydi.

    • Nazorat

      To‘liq nazorat

      Ombordan eshigingizgacha har bir bosqich nazoratda.

    • Menejer

      Shaxsiy menejer

      Menejeringiz savollaringizga javob beradi va maslahat beradi.

    [ Marshrut ]

    Qaysi marshrut qulay: A yoki B?

    Ikkala marshrut ham Do‘stlikka taxminan bir vaqtda yetib boradi. Yuk turi, mavsumiy narx va bojxonadagi navbatga qarab qulayini tanlaymiz.

    Marshrut

    Qirg‘iziston orqali

    A
    1. Kashgar
    2. Irkeshtam
    3. O‘sh
    4. Do‘stlik
    5. Toshkent

    Vaqt

    • Kashgar → O‘sh: 1–2 kun
    • Do‘stlik navbati: ~2 kun
    • Do‘stlik → Toshkent: 1 kun

    Afzallik

    • Chegaradan tezroq o‘tiladi
    • Standart yuklar uchun qulay

    Cheklov

    • Materiallar va xavfli yuklar mumkin emas
    • Tog‘ dovonlari bor, har qanday mashina o‘tmaydi

    Marshrut

    Qozog‘iston orqali

    B
    1. Kashgar
    2. Xorgos
    3. Yallama
    4. Do‘stlik
    5. Toshkent

    Vaqt

    • Do‘stlikka A bilan taxminan bir vaqtda

    Afzallik

    • Istalgan turdagi mashina o‘tadi (trall, 150 t)
    • Ko‘proq turdagi yukni olib o‘tish mumkin

    Cheklov

    • Qishda narx mavsumga qarab o‘zgarishi mumkin

    Biz bilan ishlaydigan kompaniyalar

    SAVOLLAR?

    Savolingiz shu yerda yo‘qmi? Menejerga yozing.

    Telegram

    Hamma savol-javoblar

    Yuk turi, taxminiy og‘irlik va hajmi, yetkazish manzilini ayting. Qolganini biz hal qilamiz.

    Hajm katta bo‘lsa, to‘liq fura arzonroq tushadi. Kichik partiya uchun yig‘ma yuk (sborniy) qulay: faqat o‘z ulushingiz uchun to‘laysiz.

    Avia 5–8 kunda keladi, narxi qimmatroq, shoshilinch yuk uchun. Avto 12–18 kunda keladi, ko‘pincha shuni tanlashadi.

    Rastamojkani (bojxona rasmiylashtiruvini) biz qilamiz. To‘liq rasmiylashtiramiz, yashirin to‘lov yo‘q.

    O‘rtacha: yig‘ma yuk 1 m³ uchun $140, tijoriy avia 1 kg uchun $4, to‘liq fura $12 000. Aniq narx yukning og‘irligi, hajmi, turi va yo‘nalishiga bog‘liq.

    Telefon: +998 95 422 04 04 · Telegram: Fast Logistics uz · Instagram: @fastlogistics.uz

    YUKINGIZNI BIZGA TOPSHIRING

    Yuk turi, og‘irligi va hajmini yozing — menejerimiz narx va muddatni hisoblab, siz bilan bog‘lanadi.